logo

Maktab haqida

Maktabni tashkil etishdan asosiy maqsad — ulug‘ ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, o‘rganish va tadqiq etish, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarga aniq fanlarning yuksak cho‘qqilarini zabt etish, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorini aniqlash va ulardagi qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar bazasini yaratishdan iboratdir.

Maktab tarixi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi PQ-3274-sonli “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti qoshidagi Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifasi etib — axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quvchilarni dasturlash asoslari, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo’lish, axborot va media hamda intellektual madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirishdan iboratdir.

Shuningdek, mazkur sohada yuqori mahoratga ega pedagoglarni hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining maxsus maktabini yaratish, yosh matematiklar, fiziklar, dasturchilar, ixtirochilar va chet tili bilimdonlaridan iborat o’quvchilar jamoasini tuzish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam va samarali ishtirokini ta’minlashni tashkil etish maktabning asosiy vazifalaridandir.


Picture of activity

Darsdan tashqari mashg`ulotlar


Maktabimizda o’quvchilar asosiy darslaridan tashqari ko’plab o’zlarini qiziqtirgan mashg’ulotlarga qatnashishlari mumkin. Jumladan, futbol, tennis va shu kabi mashg’ulotlariga qatnashib bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari mumkin. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilar   nafaqat yaxshi ta’lim olish shart-sharoitlari, balki do’stlar bilan turli xil seminar treninglarda qatnashib,  AKT olamininig mashhur brendlari joylashgan bog’da vaqtlarini maroq bilan o’tkazishlari mumkin. 

Picture of activity

Darsdan tashqari mashg`ulotlar


Maktabimizda o’quvchilar asosiy darslaridan tashqari ko’plab o’zlarini qiziqtirgan mashg’ulotlarga qatnashishlari mumkin. Jumladan, futbol, tennis va shu kabi mashg’ulotlariga qatnashib bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishlari mumkin

Maktab qulayliklari

school image

Transport

Maktabga olib boruvchi avtobus yoʻnalishlari -  18 44 190 72 28 46 1 14 16

Avtomobillar uchun turaragoh

Maktab hududida 24 soat nazorat ostida bo’lgan xavfsiz va qulay avtomobillar turargohi mavjud

Maktab oshxonasi

Maktabda o’quvchilar va xodimlar uchun mo’ljallangan oshxona mavjud

Tibbiyot xonasi

Maktabda favqulodda holatlar va doimiy foydalanish uchun moʻljallangan tibbiyot xonasi mavjud

Maktab O‘quv Binosi

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHIGA OID FANLARNI CHUQURLASHTIRIB O’QITISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIROMONOVICH MIRZIYOYEVNING TASHABBUSI BILAN BARPO ETILDI

Ucell

-yillar davomida o‘z brendiga va doimiy mijozlariga ega bo’lgan kompaniya xisoblanadi. Ucell brendi ostidagi xonaning dizayni kompaniyaning brendiga mos holda jihozlangan bo’lib, 18 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan laboratoriya xonasida o‘quvchilar tomonidan yaratilgan dasturlar amaliyoti va mahorat darslari o’tkaziladi.

Artel

o'quvchilar


-Elektronika asoslarini sodda va murakkab sxemalar yasashni


-3D printerdan 3D modellarni chiqarishni


-Arduino dasturi shu bilan bir qatorda tranzistor va mikrochiplar bilan ishlashni


-Qo'shimcha modul va sensorlar bilan ishlashni (RGB, WiFi, PIR, LCD display, RFID) ular yordamida mustaqil ravishda turli xildagi arduino proyektlarini yasashni o'rganadilar.


ZTE

-yillar davomida o‘z brendiga va doimiy mijozlariga ega bo’lgan kompaniya xisoblanadi. Ucell brendi ostidagi xonaning dizayni kompaniyaning brendiga mos holda jihozlangan bo’lib, 18 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan laboratoriya xonasida o‘quvchilar tomonidan yaratilgan dasturlar amaliyoti va mahorat darslari o’tkaziladi.

IT Park

faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing sohalarida ilmiy yondashuv asosida qoʻllab-quvvatlash orqali oʻz biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish maqsadida barcha imkoniyatlarni beradigan IT-xonasi hisoblanadi. Maktabimizdagi 24 nafar o‘quvchi uchun mo‘ljallangan IT-Park laboratoriya xonasida o‘quvchilarimiz yuqorida ko‘rsatilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ushbu laboratoriya xonasida Start Up loyihalari uchun keng sharoitlar yaratilgan.

Huawei

Huawei – bu yetakchi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) infratuzilmalari va smart qurilmalarini global miqyosda yetkazib beruvchi kompaniyalaridan biridir. Maktabning Huawei “smart room” xonasi 20 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan laboratoriya bo’lib, yuqori sinf o’quvchilari Xitoyning Huawei Akademiyasi bilan hamkorlikda ingliz tilida “Online ” ko’rinishda darslar olib boriladi va shu bilan bir qatorda o’quvchilar kompaniyaning kelib chiqishi, dunyo bozoridagi o‘rni, dasturlash , muntazam ravishda axborot texnologiyalariga oid barcha darslarni, o‘rganishlari mumkin.

Robototexnika xonasi

Ushbu xonada o'quvchilar


-C dasturlash tilini


-Elektronika asoslarini


-Sodda va murakkab sxemalar yasashni


-3D dizayn va 3D modellashtirishni


-3D printerdan va 3D modellarni chiqarishni


-Arduino dasturlashni turlarini o’rganishlari mumkin


Sifatli ta’lim – kelajak poydevori

Umarova Hilola Uktamovna / Maktab rahbari